Shvetsiyada muzdan ishlangan mehmonxona ochildi

Foto: highsnobiety.com
Shvetsiyada yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadigan, muzdan ishlangan dunyodagi birinchi mehmonxona ochildi. Bu haqda Highsnobiety portali xabar bermoqda.
Icehotel 365 deb nomlangan bu mehmonxona Turneelven daryosi yonida, Shimoliy qutb aylanasidan 200 km uzoqlikda joylashgan. Umumiy maydoni 195 kvadrat metr bo‘lgan mehmonxonada 21 ta xona, bar va suratlar galereyasi bor.
Muz mehmonxonani yaratish uchun Turneelvendan 30 ming litr suv kerak bo‘lgan. Uni yaratishda butun dunyodan haykaltaroshlar ishtirok etgan. Mehmonxona yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadi: u issiq kunlarda muzlatuvchi qurilmalar yordamida muzlatib turiladi.
Muz mehmonxona xonalari ichidagi harorat 5-8 gradus miqdorida ushlab turiladi. Mehmonlar sovqotib qolmasliklari uchun ularga issiq yotoq qoplari beriladi. Ushbu antiqa mehmonxonada qolish kuniga 2450 shved kroni turadi.
Bu muz mehmonxonasi 1989 yildayoq paydo bo‘lgan. Biroq 2016 yilgacha uni har qishda boshqatdan barpo etishga to‘g‘ri kelingan.
Rossiyada mart oyida Kamchatkada birinchi iglu-mehmonxona ochilgandi. "Tog‘li hudud" deb nomlangan majmua to‘liq qordan yasalgan bir nechta mehmonlar xonasidan iborat. Ta'kidlanishicha, bu mehmonxona 2 haftada 50 tashrif buyuruvchini qabul qilgan.
Mavzuga oid

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

22:40 / 17.04.2025
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi

14:55 / 16.04.2025
Shvetsiya kabellar qasddan uzilgani bo‘yicha hech qanday dalil topmadi

02:18 / 04.04.2025