Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tandirning siri yoki og‘ufurushlik bilan shug‘ullangan kimsalar fosh etildi
Foto: Huffingtonpost.com
Pozagarlik Qayum Jamilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yashash xonadonining tomorqasida 3 tup taqiqlangan “kannabis” o‘simligini ekib yetishtiradi. O‘simlik yetilgach, uni sotish taraddudiga tushadi. Bundan xabar topgan MXX va tuman IIB xodimlari gugurt qutisiga qadoqlangan “marixuanna” giyohvandlik vositasini o‘zga shaxsga sotayotgan vaqtida qo‘lga olishadi.
Bundan tashqari, Q.Jamilovning yonidan sotish maqsadida tayyorlab qo‘yilgan vazni 37,62 gramm “marixuanna” giyohvandlik vositasi topiladi.
Aminjon Haqberdiyev ham Qayum Jamilovning yo‘lidan yurgan giyohfurushlardan ekan. U ham taqiqlangan o‘simlikni ekib, undan “nasha” tayyorlab sotishni ko‘zlagan edi.
- 2015 yil boshlarida bozordan gul urug‘larini sotib olib, ularni tomorqa yerimga ekib, ular orasidan unib chiqqan “nasha” o‘simligini ko‘rgach, bu giyohni alohida parvarishladim. O‘simlik yetilgach, gugurt qutilariga qadoqlab, sotish uchun saqlab kelganman. Bu haqda oilamdagilardan hech biri bilmas edi. “Nasha”ni hovlimdagi tandirning kovagiga yashirib qo‘ygandim. Bir kuni tanishim Qayum Jamilov kelib mendan “nasha” bor-yo‘qligini so‘ragach, uni qadoqlab qo‘yganligimni aytgandim. Unga bir marta 8 dona gugurt qutisiga qadoqlangan giyohvandlik moddasini kelishilgan narximizga sotganman. Giyohvandlik moddalarini yetishtirib, sotganligimdan oilamdagilarning xabari bo‘lmagan, faqat Qayum bilardi xolos, - deydi tergov jarayonida Aminjon Haqberdiyev.
Sud Qayum Jamilovga 7 yil, Aminjon Haqberdiyevga 7 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
20:24 / 05.01.2026
Turkiyada giyohvandlik va fohishalik ishi doirasida mashhur seriallar aktyorlari hibsga olindi
19:24 / 20.12.2025
Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
23:40 / 13.12.2025
Toshkent viloyatida o‘n bir oyda yarim tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olindi
08:25 / 11.12.2025