Iqtisodiyot | 09:54 / 02.12.2016
5105
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya 2020 yilda tangalardan voz kechadi 

Janubiy Koreya Markaziy banki 2020 yilga kelib muomalada bo‘lgan barcha tangalarni yig‘ib oladi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Mamlakat hukumati chaqalardan voz kechish dasturi doirasida fuqarolarga 30 ming do‘konda xarid qilish, shuningdek, metro va taksilarda ishlatish imkoniyatini beradigan T Money elektron kartalaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

«Biz 10 vonlik tanga ishlab chiqarsak, unga ketadigan xarajat 10 vondan yuqori bo‘lmoqda. Agar Koreya chaqalardan voz kechsa, bu xaridorlarga ham, sotuvchilarga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi», — dedi Seul kredit-moliya institutining tadqiqot bo‘limi rahbari Li Xe-Chan.

Janubiy Koreyadagi eng katta nominal — 500 von (0,5 dollar atrofida). Mamlakat har yili mayda chaqalar uchun 40 mln dollar sarflaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid