Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi tungi klubda yuz bergan yong‘in to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi
AQShning Kaliforniya shtati Oklend shahridagi tungi klubda yuz bergan yong‘in kamida to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 25 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar beradi KTVU telekanali.
Politsiya halok bo‘lganlar haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi. “Biz ham to‘qqiz nafar inson halok bo‘lganini OAVdan eshitdik”, - degan politsiya boshqarmasidagi xodim.
O‘t o‘chirish xizmatida esa bu borada izoh berishmagan.
Avvalroq, bazm o‘tayotgan binoda yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgandi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, hodisaga – pirotexnika vositalari sabab bo‘lgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati vakillarining ma'lumotiga ko‘ra, binoda 50 nafar inson bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ayni damda o‘t o‘chirish xizmati xodimlariga binoga kirish taqiqlangan. Bu ularning hayotlariga xavf tug‘dirishi aytilgan. Klubda esa hali-hamon kishilar bor bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026