Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi firibgarlikda gumon qilinmoqda
Olmaotada avtomobil yordamida firibgarlik qiluvchi guruh vakili qo‘lga olindi. G‘arazgo‘ylar guruhi o‘z avtomobili yordamida yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan haydovchilar uchun ko‘rinishni cheklashga uringan. Bu aslida, boshqa bir firibgarning transport vositasi ostida qolib ketgandek tassurot uyg‘otishiga yordam tariqasida tashkil etilgan. Bu haqda Tengrinews.kz sayti Olmaota shahri ichki ishlar departamenti matbuot kotibi Saltanat Azirbek ma'lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, hodisa videosi 25 noyabrda internet tarmog‘ida paydo bo‘lgandi.
Matbuot kotibasining izohlashicha, politsiya Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 190-moddasiga binoan "Firibgarlik" bo‘yicha murojaatni o‘rganib chiqmoqda.
"Delica avtomobili haydovchisi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U firibgarlik maqsadida til biriktirganlarini tan oldi. Yo‘lovchi shaxsini ham aniqladik. U shu kunlarda qo‘lga olinadi. Delica mashinasi piyodalar o‘tish joyiga juda yaqin to‘xtatilgan va boshqa haydovchilar uchun ko‘rishni cheklagan. Shuning o‘zi qoidabuzarlikdir. Avtomobil piyodalar o‘tish joyidan kamida 15 metr uzoqlikda to‘xtashi mumkin. Stsenariyga ko‘ra, boshqa bir firibgar yo‘lovchi sifatida ortda kelayotgan mashinaga urilib, yiqilishni qoyillatib bajarishi lozim. Ular, shunday holatlardan birida aybdordan tovon puli sifatida 1 000 dollar talab qilishgan", - degan Saltanat Azirbek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina Bo‘stondiq tumanida gumonlanuvchilarga nisbatan 4ta ariza kelib tushgan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
20:38 / 06.11.2024
Qozog‘istonda ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
07:30 / 05.11.2024