Jahon | 19:32 / 03.12.2016
5266
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya qiroli Fors ko‘rfazi davlatlariga tashrif buyuradi

Foto: © AP

Saudiya qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saud shanba kuni Sharqiy viloyatdan Fors ko‘rfazining boshqa davlatlari, xususan BAA, Qatar, Kuvayt va Bahraynga tashrifini boshladi, deb xabar beradi Saudiyaning SPA yangiliklar agentligi.

“Qirol BAA, Qatar, Kuvayt va Bahraynga tashrifi davomida ushbu mamlakatlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashadi. Unda o‘zaro munosabatlarni barcha sohalarda mustahkamlash, shuningdek mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi”, - deyiladi agentlik xabarida. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya qirolining mintaqa davlatlariga tashrifi davomida Bahrayndagi Forz ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik Kengashiga kiruvchi olti mamlakatning (oltinchisi - Ummon) 37-sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. 
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid