Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT saylov jarayonida OAV cheklangani va nazoratga olingani haqida xulosa qildi
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari bo‘yicha o‘z bayonotini taqdim etdi.
Unda saylov jarayonida oshkoralikni oshirish ta'minlangani bilan birgalikda o‘tgan saylovlarda berilgan ko‘rsatmalarning barchasi ham bajarilmagani qayd etilgan.
"Saylov rahbariyati o‘z ishlarida oshkoralikni oshirish va saylovlarni kerakli darajada o‘tkazish uchun ko‘plab choralar ko‘rishgan, lekin davlat vakillarining ustunligi va inson huquqlarining cheklangani siyosiy plyuralizmning zaiflashishi va o‘z navbatida saylov tashviqoti raqobatsizligiga olib keladi", deyilgan bayonotda.
Kuzatuvchilarning xulosasiga ko‘ra, axborot vositalarida saylovning yoritilishi qattiq cheklangan va nazoratgga olingan muhitdadir.
"Axborotlarning davlat tomonidan belgilab berilgan chegaradan chiqmasligi saylovchilar muqobil nuqtai-nazarga ega bo‘lmasligiga olib keldi", deyishgan ular.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026