Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yigitlarni pichoqlagan armanistonlik uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi
Foto: Getty Images
Armanistondan O‘zbekistondagi qarindoshlari oldiga mehmonga kelgan Artem Garikov (ism-familiyalar o‘zgrtirilgan) 2016 yilning mart oylarida Toshkentdagi kafelardan birida spirtli ichimlik ichib, mast bo‘lib qoladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Uning yoniga kelib, hol-ahvol so‘ragan Dilshod Merkulov va Anvar Isroilovlarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlaydi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida mushtlashuv chiqadi. Artem yonidan pichoq chiqarib, Dilshodning qo‘li va ko‘kragiga sanchib oladi. Ularni ajratishga kelgan Anvar ham pichoq zarbiga uchraydi. Dilshod ko‘p qon yo‘qotganligi va jarohati og‘ir bo‘lgani tufayli hushidan ketadi.
Ko‘p o‘tmay voqea joyiga “Tez tibbiy yordam” hamda militsiya xodimlari kelib, Dilshod va Anvarni kasalxonaga olib borishadi. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam tufayli ularning hayoti saqlab qolindi.
Ushbu holatni atroflicha ko‘rib chiqqan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan Artem Garikov O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
10:42 / 11.05.2026
Armaniston Rossiyadan “kindigini uzyaptimi”?
22:20 / 09.05.2026