Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik o‘zi ixtiro qilgan uychalar bilan boshpanasizlar joniga oro kirmoqda
Foto: hi-news.ru
Amerikalik Piter Guld uysizlarga kattaligi oziq-ovqat aravasicha keladigan uychalar qurib, yordam berishni istamoqda.
«Menda ham o‘z vaqtida turar-joy bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Hozir esa uyim bor. Kimda u hozirgacha bo‘lmasa, unga yordam beradigan vaqt keldi», — deydi Guld. Uning yoshi 60da bo‘lib, kema qurish zavodining sobiq ishchisi hisoblanadi.
Piter Guld o‘z xobbisining ilk namunasi — g‘ildirakli yog‘och uychasini — Our Place Society’da (ijtimoiy tashkilot) taqdim etdi. O‘shanda uning uychasini ko‘rgani juda ko‘p odam keldi va bu kabi uychalardan yana quriladimi, deb so‘rashdi.
«Odamlar kunduzi ko‘chalarda daydib, kechqurun bu yerga kelishayotganlarini ko‘rib turar edim. Ular nafaqat sovuq qotishadi, balki kasal ham bo‘lib qolishadi. Men ana shunday tunlardan birida barmog‘ini yo‘qotgan ayol bilan gaplashganman», — dedi Guld.
Gould g‘ildirakli mana shunday uychani bir oydan kam muddatda qurib bitkazdi. «Barcha meni qo‘llab-quvvatladi va qo‘lidan kelganicha yordam ko‘rsatishdi», — dedi Piter. U tashkilotdan qurish ishlari uchun ketadigan materiallarga deb 100 dollar oldi. Qolgan summani o‘z yonidan ishlatdi. Uning aytishicha bu ishlarga yonidan 600 dollar sarflagan.
Piter qurayotgan uychalarning eni 60 sm, uzunligi esa 180 sm.
Mavzuga oid
16:55 / 21.01.2026
Amerikaning SSSR bo‘yicha bosh kontrrazvedkachisi nega ruslar tomonga o‘tib ketgandi?
13:19 / 05.01.2026
Germaniyada boshpana bo‘yicha berilgan arizalar soni 51 foizga kamaydi
12:30 / 30.12.2025
«Salom, aya!» - qishloqdan Amerikaga sayohat | Manzil
14:52 / 09.12.2025