Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada palovga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Moskvadagi Markaziy musavvirlar uyida intellektual adabiyot ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida Stalik Xankishiyev muallifligidagi "Palov san'at turi sifatida" nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida «Moskva-24» nashri xabar berdi.
Kitob sahifalarida yozuvchi qadimiy o‘zbek an'analarini tadqiq qiladi, guruch, sabzi, piyoz navlari va go‘sht turlarini taqqoslaydi. Shuningdek sharq ziravorlari sirlari haqida so‘z yuritadi.
Stalik Xankishiyev — «Gurman» kulinariya kitoblari xalqaro tanlovining ikki karra g‘olibi: Parij - 2013 va Pekin - 2014. Uning yangi kitobi butkul palov taomiga bag‘ishlangan.