Qömita ma’lumotlariga köra, 1 kilogramm palov tayyorlaş uçun mahsulotlar qiymati hududlar kesimida quyidagiça:
Qoraqalpoğiston Respublikasi — 105 215 söm;
Andijon viloyati — 114 625 söm;
Buxoro viloyati — 116 578 söm;
Jizzax viloyati — 116 675 söm;
Qaşqadaryo viloyati — 118 582 söm;
Navoiy viloyati — 117 750 söm;
Namangan viloyati — 116 536 söm;
Samarqand viloyati — 120 721 söm;
Surxondaryo viloyati — 118 624 söm;
Sirdaryo viloyati — 112 222 söm;
Toşkent viloyati — 120 548 söm;
Farğona viloyati — 123 759 söm;
Xorazm viloyati — 116 010 söm;
Toşkent şahri — 126 807 söm.
Hisob-kitoblar quyidagi mahsulotlar asosida amalga oşirilgan:
kungaboqar yoği — 0,3 litr;
piyoz — 300 gramm;
mol göşti — 700 gramm;
sabzi — 1 kilogramm;
lazer guruçi — 1 kilogramm;
nöxat — 100 gramm;
zira — 10 gramm;
oş tuzi — 20 gramm.
Milliy statistika qömitasi ta’kidlaşiça, mazkur qiymatlar palov tayyorlaş uçun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan. Ular hududlarda tayyor holda sotilayotgan 1 kilogramm palovning bozor narxini ifoda etmaydi.












