Sport | 15:10 / 06.12.2016
12357
1 daqiqa o‘qiladi

«Oltin to‘p» sovrini topshiriladigan sana ma'lum bo‘ldi

France Football nashri tomonidan 2016 yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» mukofoti sohibini e'lon qilish kuni ma'lum bo‘ldi.

Nashr bergan xabarga ko‘ra, «Oltin to‘p» sovrini g‘olibi 2016 yilning 12 dekabr kuni e'lon qilinadi. G‘olibni e'lon qilish va sovrinni topshirish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Qayd etib o‘tish jozi, France Football 24 oktabr kuni «Oltin to‘p» sovriniga nomzod 30 nafar futbolchi nomini e'lon qilgandi.

FIFA tomonidan 2017 yil 9 yanvarda topshiriladigan mukofot uchun esa uch nafar nomzod nomi ma'lum qilib bo‘lingan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid