Turk delegatsiyasi: O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari turk xalqi uchun ibratdir

Foto: «Turkiston-press»
«Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi bosh direktori Akkan Suver 5 dekabr kuni o‘zining o‘rinbosari Shamil Ayru, Sayin Ismoil Sayfiy, Mehmet Sayfid Erol va Ayrel xonim hamrohligida Toshkent shahridagi matbuot markaziga tashrif buyurib, saylovlar bo‘yicha bayonot berdi.
"Men bundan avval ham O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etganman - bu uchinchi marta kelishim. Albatta, ushbu tashrifim davomida saylovlar ancha yuqori saviyada o‘tdi. 2016 yilgi saylovlar O‘zbekiston demkoratiyasida oldinga qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi", - deydi turk delegatsiyasi rahbari.
Akkan Suver O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarining professional darajada o‘tganini ta'kidladi. "Saylovlar betaraf, shaffof va haqiqiy demokratik tarzda o‘tdi", - dedi u.
Turkiya vakili saylov kuni, ya'ni 4 dekabrda Samarqand shahrida bo‘lib, u yerdagi universitetlar, fabrika va tibbiyot markazida ovoz berish jarayoni kuzatilganini aytdi. Saylovchilarning yuksak faolligi turk qardoshlarimizni quvontirgani ta'kidlandi va qisqa muddatda bunday natijalarni ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbek xalqini muborakbod etdi.
Yana bir turk vakili Shamil Ayru O‘zbekistondagi saylovlarning butun dunyo uchun ahamiyatli ekanligini ta'kidladi. U nafaqat poytaxt Toshkent shahri, balki ko‘plab boshqa shaharlarda ham saylovga katta tayyorgarlik ko‘rilganiga diqqatni qaratdi. Har bir saylov uchastkalarida partiya vakillarining borligi saylovlarning demkoratik tarzda o‘tayotganiga yana bir misol bo‘lishini ta'kidladi.
Turk delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari turk xalqi uchun ibrat bo‘la olishini aytib, so‘zlariga yakun yasadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
Mavzuga oid

18:39 / 31.05.2025
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

23:17 / 29.05.2025
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi

11:35 / 28.05.2025