Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya razvedka sun'iy yo‘ldoshini uchirdi
Turkiyaning razvedka sun'iy yo‘ldoshi Göktürk-1 5 dekabrda Frantsuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan orbitaga uchirildi, deb xabar bermoqda "Anadolu" axborot agentligi.
Sun'iy yo‘ldoshning uchirilishi ortidan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an jonli efirda kuzatdi.
Erdo‘g‘an Turkiyaning sun'iy yo‘ldoshlarini yaratish va ishlab chiqarish vaqti kelganini ta'kidlab o‘tdi. "Biz bu yo‘nalishda katta qadamlar qo‘yishimiz kerak", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Göktürk-1 Turkiya qurolli kuchlarini Yerning yuqori sifatli suratlari bilan ta'minlaydi. Sun'iy yo‘ldosh Yer atrofini 90 daqiqa ichida aylanib chiqadi.
Fransiyada ishlab chiqarilgan ushbu sun'iy yo‘ldosh Yerga yiliga 60 mingdan ko‘proq suratlar jo‘natadi.
Sun'iy yo‘ldosh Italiyaning Telespazio va Fransiyaning Thales Alenia Space kompaniyalarining birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan yaratildi.
Mavzuga oid
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026