Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan Xamesning jamoadagi holatiga izoh berdi

Foto: eurosport.com
“Real” futbol klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan yaxshi munosabatda ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.
«Men Xamesga qoyil qolaman. U mashg‘ulotlarda qatnashib, jamoaning bir bo‘lagiga aylangan. Kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsang, jamoani o‘zgartirish haqida o‘ylaysan. Biroq bu futbolchi men uchun juda muhimdir. Albatta, u ko‘proq o‘ynashni xohlaydi, biroq menga jamoaning har bir o‘yinchisi muhim», - deya Zidanning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Avvalroq, ispan OAV Rodriges o‘zining jamoadagi holatidan norozi ekani va Zidan unga jiddiy munosabatda bo‘lmayotganidan xafa ekani haqida xabar bergandi.
Ma'lumot uchun, Xames Rodriges Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yetti uchrashuvda maydonga tushib, bitta to‘p kiritdi hamda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Mavzuga oid

08:07 / 10.07.2025
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi

11:26 / 06.07.2025
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi

12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi

11:59 / 27.06.2025