Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda jinoyat olamida katta nufuzga ega bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: AP
Qozog‘istonda neft o‘g‘irlash va neft mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh faoliyatini to‘xtatish doirasida keng qamrovli maxsus amaliyot o‘tkazilgani haqida xabar bergandik. Ma'lumotlarga ko‘ra, amaliyot davomida Olma-ota shahrida “To‘rt aka-uka” UJG yetakchisi Erkin Izbasar qo‘lga olingan. Bu haqda KTK telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
MXQga ko‘ra, tezkor tadbir davomida neft o‘g‘irlashga aloqadorlikda gumon qilingan bir qator shaxslar qo‘lga olingan, neft va neft mahsulotlari bo‘lgan avtosisternalar olib qo‘yilgan.
"Qo‘lga olish jarayoni Olma-otada ham o‘tkazildi. U yerda huquq-tartibot idorasi xodimlari “To‘rt aka-uka” jinoiy guruhi yetakchisi Erkin Izabasar, uning tan soqchilari va haydovchisini ushlashdi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, aynan Izbasar neft o‘g‘irlariga homiylik qilgan", - deya xabar berdi telekanal.
MXQ surishtiruv natijalari keyinroq batafsil ma'lum qilinishi haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
09:56 / 27.03.2026
Toshkentda giyohvand moddalar tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
18:11 / 16.01.2026
Andijonda uyushgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi
10:22 / 14.12.2025