Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti Shvartsenegger boshlovchilik qiladigan realiti-shou prodyuseri bo‘ladi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp NBC telekanali tomonidan namoyish etiluvchi The Celebrity Apprentice realiti-shousi ijrochi prodyuseri bo‘ladi, deb xabar berdi Variety.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu dasturni efirga uzatish ikki yillik tanaffusdan so‘ng – 2017 yilning 2 yanvar kuni yana qayta amalga oshiriladi. O‘shanda uni Donald Trampning shaxsan o‘zi olib borgan, biroq 2015 yilda milliarder AQSh prezidentlik kampaniyasi davomidagi bir necha mojaroli bayonotidan keyin ishdan haydalgandi. Shouning yangi mavsumida Kaliforniya shtati sobiq gubernatori va aktyor Arnold Shvartsenegger boshlovchilik qiladi.
Ta'kidlanishicha, Trampning prodyuser sifatidagi ish haqi dasturning har bir chiqishi uchun kamida 100 ming dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026