Sport | 23:09 / 09.12.2016
5220
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada-2012 da ishtirok etgan rossiyalik barcha sportchilarning doping namunalari qayta tekshiriladi

Foto: Getty Images

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2012 yil Londonda o‘tgan Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etgan rossiyalik barcha sportchilarning doping namunalarini qayta tekshiradi. Bu haqda XOQ rahbari Tomas Bax ma'lum qilgan.

Maklarenning mustaqil komissiyasi o‘z ma'ruzasining ikkinchi qismini 9 dekabr kuni Londonda taqdim etdi. Unda tasdiqlanishicha, mingdan ziyod rossiyalik sportchi turli musobaqalarda, jumladan, 2012-2014 yilgi Olimpiada o‘yinlari, Universiada-2013, o‘sha yili o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida sportning 30 yo‘nalishi bo‘yicha doping namunalari manipulyatsiyalariga jalb etilgan.

“Professor Maklarenning ma'ruzasidan so‘ng, 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan rossiyalik barcha sportchilarning namunalarini qayta tekshirishga ko‘rsatma berdim”, deb Baxning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Reyter” agentligi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid