Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-de-Janeyroning qashshoq tumaniga adashib kirib qolgan italiyalik sayyoh otib tashlandi
Janubiy Amerika bo‘ylab sayohat qilib yurgan italiyalik turist Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri favelalariga adashib kirib qolishi natijasida otib tashlandi, deb xabar qildi Reyter agentligi mahalliy politsiyaga tayanib.
Politsiya o‘ldirilgan insonning shaxsini aniqlagan. Ma'lum bo‘lishicha, 52 yoshli Roberto Bardella do‘sti (u ham italiyalik) bilan mototsikllarda GPS bo‘yicha harakat qilishgan. Biroq uskuna erkaklarni Rioning eng qashshoq va jinoyatchilar bilan to‘la mavzelariga boshlab bordi.
U yerda esa bir guruh qurollangan shaxslar turistlarga qarata o‘q uzishgan va ularni mototsikllardan tushishga majburlashgan. Bardella jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan bo‘lsa, do‘sti qo‘yib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyroda iqtisodiy tanazzul, ishsizlikning o‘sishi, byudjyet yetishmovchiligi sabab giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqa uyushgan jinoiy guruh a'zolari tomonidan shaharning ba'zi bir tumanlari to‘laligacha egallab olingan.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026