Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: TIV va elchixonalar xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha faoliyatni kuchaytiradi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik missiyalar mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtiradi. Bu haqda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 24 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan yig‘ilish vaqtida aytib o‘tgan.
"Mamlakatimizda investitsiya siyosatini kuchaytirish masalasiga biz alohida ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Xorijiy sarmoyalarni va ilg‘or texnologiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarimiz jiddiy ish olib borishi lozim.
Buning uchun Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mamlakatlardagi elchilarimiz nafaqat siyosiy, ayni vaqtda yurtimizga investitsiyalarni jalb qilish masalalari bilan ham faol shug‘ullanishlari darkor. Ularning bu boradagi faoliyatini nazorat qilish uchun Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasining faoliyat sohasi va vakolatlarini kengaytirish zarur, deb hisoblayman.
Bu qo‘mita xalqaro iqtisodiy hamkorlik, chet el investitsiyalarini faol jalb etish masalalari bo‘yicha parlament nazoratining muhim bo‘g‘iniga aylanishi lozim.
Qo‘mita mamlakatimizga investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarning samaradorligi, bu sohadagi muammolar, to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha tegishli idoralarning mas'uliyatini oshirish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi", degan O‘zbekistonning yangi rahbari.
Mavzuga oid
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026
“Quyoshli xonadon” dasturi inqirozdami?
14:15 / 30.06.2026
Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini Ba2 darajaga yaxshiladi. Bu nimani anglatadi?
17:59 / 20.06.2026