Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi investitsion hamkorlik kengaytiriladi
2016 yilning 8 dekabr kuni YeXHT TIVKning navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hamburg shahrida Fransiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Fransiya Respublikasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Fransiya taraqqiyot agentligi va PROPARKOni ta'sis etish va ularning faoliyati to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Bitimda Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) va uning sho‘ba tashkiloti “Iqtisodiy hamkorlik uchun ko‘maklashish va ishtirok etish jamiyati” (PROPARKO)ning O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish tartibi va shartlari belgilangan.
Hujjat ikki davlatda ham belgilangan ichki protseduralar yakunlanganidan so‘ng kuchga kiradi va uchrashuvda ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda samaradorlikni oshirishga imkon beradi.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
19:52 / 09.06.2026
Prezident huzurida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
21:09 / 08.06.2026