Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Davlat kengashi qozog‘istonlik sobiq bankirni Rossiyaga topshirishni rad etdi
Fransiyaning Oliy ma'muriy instansiyasi — Davlat kengashi — qozog‘istonlik sobiq bankir Muxtor Ablazovni Rossiyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha qarorni bekor qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Ablazov advokatlari Davlat kengashi qarorni ma'qullaydigan bo‘lsa, apellyatsiya berishlarini ma'lum qilgan edi. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish chog‘ida ham gumonlanuvchining ekstraditsiyasi to‘xtatib turiladi.
Ablazovning ishi Fransiya Davlat kengashida ko‘rib chiqilishi arafasida BMT maxsus vakili Nils Meltser Parijga murojaat qilib, bankirni topshirmaslikni so‘ragan edi. Chunki, Ablazov Rossiyaga topshirilsa, u yerdan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilinishi mumkinligi taxmin qilingandi.
Iyul oyi o‘rtalarida Lion apellyatsiya sudi qozog‘istonlik tadbirkor Muxtor Ablazovni hibsdan ozod qilmaslik bo‘yicha qaror qilgan edi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026