Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan militsionerlarga nisbatan qat'iy chora ko‘rilishini ma'lum qildi
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlariga qat'iy chora ko‘rilishini aytib o‘tdi. Bu haqda u O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida ma'lum qilgan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog‘liq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat'iy chora ko‘riladi.
“Bunga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak”, - ta'kidlab o‘tdi Mirziyoyev.
Shuningdek, saylangan Prezidentning aytishicha, huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash uchun fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlik keng yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
19:32 / 15.12.2025
Kishi boshiga tabiiy boyliklar: Saudiyada 1 mln, Rossiyada 520 ming dollar. O‘zbekistonda-chi?
18:58 / 14.12.2025
O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin
21:04 / 13.12.2025