Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seulda o‘tgan navbatdagi mitingda 500 mingga yaqin odam to‘plandi
Foto: © AP
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xega qo‘llanilgan impichmentni qo‘llab-quvvatlab navbatdagi aksilhukumat mitingi bo‘lib o‘tdi. Unda yarim millionga yaqin kishi ishtirok etdi.
“Renxap” agentligining xabar berishicha, Seul markazida yig‘ilganlar qo‘llarida Pak Kin Xeni zudlik bilan mamlakat rahbarligidan ketishi talab qilingan shiorlar ko‘tarib olishgan. Ular Konstitutsion sud qarorini kutishni istashmayapti. Mitingda qatnashayotganlarning ayrimlari “G‘alaba!”, deya qichqirishgan va xatti-harakatlari uchun prezidentni zudlik bilan hibsga olishlarini talab qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning dugonasi, uning saylovoldi kampaniyasida ishtirok etgan Kxve Sun Sil tanishlari va mansabini suiiste'mol qilgan holda tijoratchilardan pul undirgani ma'lum bo‘lganidan so‘ng, Janubiy Koreyada yuzaga kelgan siyosiy mojaro prezident impichmenti haqidagi masalaning kun tartibiga qo‘yilishiga olib kelgandi.
Mavzuga oid
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
18:59 / 13.04.2026
Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft import qilishni rejalashtiryapti
07:40 / 27.03.2026