Jahon | 22:55 / 10.12.2016
19323
6 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidentligiga kim da'vogar?

Foto: Reuters

Janubiy Koreya prokuraturasi vakillari yakshanba kuni prezident Pak Kin Xening yaqin dugonasi bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi bo‘yicha surishtiruv natijalarini e'lon qiladi. Mamlakatning yangi prezidentligiga asosiy nomzodlari orasida BMTning sobiq bosh kotibi, shuningdek, Donald Tramp va Berni Sandersga qiyoslanuvchi salohiyatli mayor hamda to‘rt yil avval prezidentlik poygasida Pak Kin Xega imkoniyatni boy bergan insonni uchratish mumkin.  

Janubiy Koreya parlamenti juma kuni prezident Pak Kin Xening impichmentiga ovoz berdi. Shundan so‘ng davlat rahbari bosh vazir Xvan Gyo Anga o‘z vakolatlarini topshirdi. Prezidentni hukumatdan yakuniy chetlatish ovoz berish natijalari Konstitutsion sud tomonidan tasdiqlangach ro‘y beradi. Bunga olti oy vaqt ketishi mumkin.

Sudning yakuniy qaroriga muvofiq Pakning oqlanish ehtimoli juda kam. Shunday ekan, agarda mamlakatni boshqarish lavozimidan chetlashtirilsa, prezidentlik saylovi 60 kun ichida o‘tkazilishi lozim. 

Asosiy nomzodlar: 

Pan Gi Mun

Diplomat Pan 2006 yilda BMT tomonidan bosh kotib etib saylanganidan buyon Janubiy Koreyaning kelajakdagi prezidenti sifatida ko‘rib kelingan. 

U Pak Kin Xe hokimiyati qulaganidan so‘ng konservatorlarga Janubiy Koreya prezidenti qarorgohi - Ko‘k uyni qaytarib olish uchun katta umid bag‘ishlaydi. 

Pan Gi Mun shu yilning so‘ngida ikki marotaba besh yillik muddatdan so‘ng BMT bosh kotibi lavozimini tark etadi. Biroq Pan mazkur masaladagi tuganmas savollarga qaramay, Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga bo‘lgan ishtiyoqi haqida hech qachon rasman ma'lum qilmagan. Biroq bu boradagi qiziqishlarni rad ham etmagan.

May oyida Janubiy Koreyaga qilgan safari chog‘ida Pan jurnalistlarga 1 yanvarda uyga qaytganidan so‘ng, "fuqaro sifatida nimalar qilishi haqida qat'iy o‘ylab ko‘rishi" haqida aytib o‘tadi. Mahalliy OAV bunda prezidentlik lavozimiga bo‘lgan qiziqishni payqashdi. 

Panning tarafdorlari uni xalqaro kuchga ega hurmatli diplomat sifatida qo‘llab-quvvatlashmoqda va Shimoliy Koreya yadro quroliga qarshi kurashda qattiqqo‘l Pak xonimga nisbatan o‘z mahoratini ko‘rsatishiga ishonishmoqda. Qoralovchilar esa uning mahalliy tajribasi yetarli emasligi hamda o‘zining avvalgi martabali lavozimida hech bir foydali ishni amalga oshirmaganligini qayd etishmoqda. 

Li Jye Men 

Li Sonnam shahrining mayori hamda Demokratik partiyaning a'zosi sanaladi. Biroq uning nomi so‘nggi oylarda Pakga qarshi mojarolar vaqtida juda mashhur bo‘lib ketdi.

Siyosatga kirib kelishidan avval fabrika ishchisi va inson huquqlari advokati bo‘lib ishlagan Li hozirda o‘zini muassasa arbobi sifatida namoyon etmoqda. Shuningdek, Feysbuk va Tvitterda yolg‘on bayonotlarni fosh etishni odat qilgan. U o‘zini Tramp bilan qiyoslashlariga qarshilik qilmaydi, biroq "omadli Berni Sanders"ga ko‘proq o‘xshashni afzal ko‘radi.

Li kuchli siyosatchilarni boy va kambag‘allar o‘rtasida kuchayib borayotgan tafovutni kamaytirishga hamda yordamga muhtoj oilalarga yordam berishga chaqiradi.  Shuningdek, u mamlakat iqtisodiyotini hukmroniga aylangan katta, oilalarga qaram  konglomeratlar - ya'ni "chebollar"ni sindirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Mana shu kabi ishlar so‘nggi haftada uning muxlislari ortishiga sabab bo‘ldi. 

"Biz kichik manfaatli tabaqa boshqarib keldi... Kelinglar, o‘z qo‘llarimiz bilan har bir inson teng huquqda harakat qiladigan demokratik davlat barpo qilamiz", - dedi Li prezident Pak Kin Xega qarshi qo‘zg‘algan ommaviy  mitinglarning birida.

Mun Jye In

Pan va Li yetakchi bo‘lishiga qaramay, jamoat fikri bo‘yicha so‘rovnomalar liberal partiya vakili Munni eng munosib nomzod sifatida ko‘rsatmoqda. Mun Jye In 2012 yilgi saylovda Pak Kin Xedan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallagan edi. 

Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma Munni qo‘llab-quvvatlovchilar 23,5ni tashkil etishi, bu ko‘rsatkich esa Pan Gi Munning 18,2 foizidan o‘zib ketganini aniqladi. Janob Lida esa bu ko‘rsatkich 16,6 foizni tashkil etadi. 

Inson huquqlari bo‘yicha sobiq  advokat va marhum liberal prezident Ro Mu Xyunning yordamchisi Mun moliyaviy tengsizlikka qarshi kurashishga, ijtimoiy ta'minot tizimini yaxshilashga, shuningdek, Chebolning oldini olib, kichik kompaniyalar uchun teng sharoitlar yaratishda biznes-islohot ishlab chiqishga va'da bermoqda.

Mun hamon Pxenyan o‘zining yadroviy ishtiyoqlaridan voz kechishi uchun Seul sanksiyalar to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazishi lozimligini ta'kidlashda davom etmoqda. 

Yana bir boshqa nomzod

Ax Chel Su mamlakatdagi ikkinchi yirik muxolif partiyaning tadbirkor-siyosatchici bo‘lib, iqtisodiy islohatlar orqali ko‘p ish o‘rinlari yaratishga, shuningdek, Shimoliy Koreya bilan munosabatda yanada ehtiyotkor muomala qilishga chaqirmoqda.

Pak Von Sun Seul mayori va prezident Pakning keskin tanqidchisi Demokratik partiya asosini uch tomonlama poygaga o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Mavzuga oid