Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniyada siyosiy inqiroz fonida navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
11 dekabr kuni Makedoniyada siyosiy inqiroz fonida navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Taxminlarga ko‘ra, saylovlar hukmron rejim almashinuviga olib kelishi mumkin. Bu haqida RIA "Novosti"xabar berdi.
Teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan ikki partiya - hukmron Makedoniya milliy birlik demokratik partiyasi (MMBDP) va muxolifat Makedoniya sotsial-demokratik ittifoq (MSDI) taqdirini uchinchi kuch - Albaniya milliy ozchilik partiyasi hal qilishi mumkin.
Saylovchilarning so‘nggi ro‘yxatiga Davlat saylov komissiyasi (DSK) qarori bilan ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 1 784 416 nafar fuqaro kiritilgan. Ulardan 1 531 368 nafari respublika hududida ovoz beradi.
Mamlakat va Makedoniya diasporasi yetti saylov okrugiga ajratilgan. Ularda g‘olib bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 11ta blok va harakat da'vogarlik qilmoqda.
Respublika hududidagi parlament saylovlari mahalliy vaqt bilan soat 7:00dan 19:00gacha bo‘lib o‘tadi. DSK saylovlar bo‘yicha dastlabki ma'lumotlarni ovoz berish jarayonidan so‘ng 12 soat ichida e'lon qilishi kerak.
Mavzuga oid
08:45 / 25.06.2026
YeKPA Gurjiston hukumatini muxolifatga bosimni to‘xtatishga chaqirdi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026