Jahon | 08:59 / 11.12.2016
3941
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada cherkovning qulashi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

Foto: © AP

Nigeriya janubida joylashgan cherkovning qulashi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Akva-Ibom shtatidagi cherkovni yangi yepiskop sharafiga tezroq foydalanish uchun topshirishga shoshilishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, cherkovning qulashi vaqtida uning ichida yuzdan ziyod kishi bo‘lgan. Ular orasida shtat gubernatori Udom Emmanuel ham bo‘lib, unga zarar yetmagan.

Qurbonlar soni ortishi mumkin, deyiladi xabarda. Gubernator vakilining xabar berishicha, bino qulashi sabablari o‘rganiladi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid