Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik general Mo‘suldagi jangarilar soniga sarhisob berdi
Foto: EPA
IShID terrorchilik harakatining uch mingdan besh mingacha bo‘lgan jangarisi Iroqning Mo‘sul shahrida qolmoqda. Shaharni ozod etish vaqtida jangarilardan ikki mingtasi o‘ldirilgan yoki yaralangan.
Bu haqda 11 dekabr kuni Iroq va Suriyadagi IShID jangarilariga qarshi xalqaro operatsiyalar qo‘mondoni Stiven Taunsend ma'lum qilgan. U Iroq g‘arbidagi Keyra aerodromida jurnalistlar bilan uchrashgan. Suhbatning videoyozuvi Pentagon matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan.
"Uch mingdan besh mingacha bo‘lgan ko‘rsatkich faol raqamlar hisoblanadi. Kampaniya boshlanganida biz uch yarim mingdan olti mingacha jangari hisoblaganmiz. Bizning hisob-kitobimizga ko‘ra, ikki mingga yaqin jangari o‘ldirilgan yoki jiddiy jarohatlangan", - degan u.
Mavzuga oid
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
18:16 / 12.05.2026
AQSh butun dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriya ishini o‘rganadi
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
23:12 / 11.05.2026