Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
#YoshlarHaftaligi2016: “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovi boshlandi
Haftalik doirasida respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasidagi “Tafakkur sinovlari” tanlovining final bosqichi boshlandi.
Tanlovni tashkil etishdan maqsad – yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol yoshlarni tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning faol ishtirokini ta'minlash hamda talabalarni O‘zbekistonning eng yangi tarixi davridagi o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha, siyosiy va huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda iste'dodli yoshlarni rag‘batlantirishdan iboratdir.

Tanlovning hududiy va mintaqaviy bosqichlarida respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida mintaqaviy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 ta (Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Andijon davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti jamoalari) oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli talabalari ishtirok etishadi.

Tanlov 5 ta shart asosida tashkil etilib, ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro huquqiy hujjatlar, Prezident asarlari va ma'ruzalari hamda mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalardagi islohotlar, millatlararo va dinlararo totuvlikni ta'minlash, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy hayotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.


Tanlov yakunida g‘olib hamda sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
17:20 / 01.11.2025
Ochiq budjetda rekord: “Mening maktabim” loyihasiga 112 mingta taklif kelib tushdi
18:16 / 31.10.2025
O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi
15:31 / 27.10.2025