Jamiyat | 13:21 / 13.12.2016
9183
1 daqiqa o‘qiladi

Forbes 2016 yilda eng ko‘p daromad olib kelgan aktyor nomini ma'lum qildi

Forbes jurnali Kris Evansni 2016 yil eng ko‘p foyda olib kelgan aktyor sifatida baholadi. Mualliflarning ma'lum qilishicha, aktyor bu mavqega Marvel studiyasi tomonidan suratga olingan birgina filmda rol o‘ynab erishgan.

Foto: AP

Nashr byudjyeti 250 million dollar bo‘lgan va jahon kinotetrlari kassasidan milliard dollardan ko‘p foyda olib kelgan «Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik» filmi haqida yozgan. Forbes’ning hisob-kitobiga ko‘ra, aktyor ijrosidagi so‘nggi uchta filmning har biri Evansga sarflangan 1 dollar evaziga o‘rtacha 135,8 dollar foyda olib kelgan.

Keyingi o‘rinlarda Kris Pratt, Skarlett Yoxannson va kichik Robert Dauni qayd etilgan. Ushbu ro‘yxatning yuqori o‘rinlarida Marvel studiyasi tomonidan ishlangan film yulduzlari joy egallagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid