Jamiyat | 22:08 / 13.12.2016
4118
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda madhiyaga hurmatsizlik qilgan 12 kishi hibsga olindi

Hindiston politsiyasi xalqaro kinofestival vaqtida milliy madhiya ijro etilishi vaqtida o‘rnidan turmagan 12 kishini hibsga oldi. Kerala shtatidagi Tiruvanantapurama shahri politsiya inspektorining aytishicha, barcha hibsga olinganlar garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan.

Madhiya ijro etilishi vaqtida o‘rnidan turmaslik uchun hibsga olishlar Hindiston Oliy sudining har bir kinonamoyish oldidan mamlakat madhiyasini ijro etish qaroridan keyin o‘tkazila boshlandi. Tomoshabinlar madhiyani o‘rnilaridan turgan tarzda eshitishlari shart qilib qo‘yildi. Bu chora fuqarolarga vatanparvarlik hissini singdirish maqsadida qabul qilingandi. 

Avvalroq Hindistonning Chennay shahrida madhiya ijrosi vaqtida o‘rnidan turishdan bosh tortgan 8 kishi faollar tomonidan kaltaklangandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid