Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi tomonidan qotillik sodir etildi
11 dekabr kuni kechqurun Rostoshi qishlog‘ining Zemlyanskiy ko‘chasidagi turar-joy hovlisida joylashgan hammomda 32 yoshli kishining jasadi topildi. Bu haqida 1news.uz nashri xabar berdi.
Orenburg viloyati tergov komissiyasi "Qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 11 dekabr soat 18:30da gumondor turar-joydagi hammomda bo‘lgan. U qo‘shnisi bilan janjallashib, uning ko‘krak sohasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Buning natijasida jabrlanuvchi hayotdan ko‘z yumgan.
Politsiya xodimlari qisqa muddatda gumondorni aniqlab, qo‘lga olishgan. Bu 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Manbaga ko‘ra, u avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, bir qator og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun umrining 20 yilini qamoqda o‘tkazgan.
Ma'lumotlarda keltirilishicha, jabrlanuvchi oilali bo‘lib, ikki farzandning otasi bo‘lgan. U marshrutka haydovchisi bo‘lib ishlagan.
Viloyat IIVB matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda jinoyat bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10 / 10.07.2026
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30 / 10.07.2026