Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya rahbari Xorvatiyaga norozilik sifatida Bryusselni tark etdi
Foto: AFP
Serbiya hukumati rahbari Aleksandr Vuchich YeI-Serbiya hukumatlararo konferensiyasida qatnashmasligini e'lon qildi. Bunga, Serbiyaning YeIga a'zo bo‘lishiga doir yangi muzokaralar bosqichini boshlashni Xorvatiya ma'qullamagani haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Tanyug axborot agentligi.
Rasmiy Belgrad 13 dekabrda respublikaning YeIga a'zo bo‘lishiga oid muzokaralarning bir yoki ikkita yangi bandi ochilishiga umid qilayotgan edi. Biroq, keyinchalik, Zagreb bu jarayonni bloklagani ma'lum bo‘ldi.
"Men ayrim davlatlar, ayniqsa Xorvatiya Respublikasining hatti-harakatlaridan Serbiyaning noroziligini yashirmadim. Chunki, mening ishim va mas'uliyatim Serbiya kelajagi haqida qayg‘urishdir", — deya Vuchich so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
2015 yil dekabr oyida Serbiya va YeI mamlakatning tashkilotga a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarning ilk ikki bobini ochgan edi.
Iyul oyi o‘rtalarida Bryussel va Belgrad muzokaralar to‘plamining yana ikkita bobini ochgandi. Vuchich bir necha marotaba respublikaning tashkilotga a'zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralari 2019 yilda yakunlanishi borasida ishonch bildirgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 18.02.2026
YeIda Shein riteyleriga nisbatan tergov boshlandi
11:15 / 17.02.2026
Vengriya va Slovakiya Xorvatiyadan Rossiya neftini yetkazib berishni so‘ramoqda
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
15:06 / 11.02.2026