Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qqiz ming AQSh dollarini qonunga xilof ravishda sotmoqchi bo‘lgan shaxslar jazoga tortildi
Foto: Getty Images
O‘tgan yilning yanvar oyi oxirlarida Xursand Malikovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tanishi Mirzarahim Hakimov qo‘ng‘iroq qilib qoldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
- Xolamga 13 500 “qog‘oz” kerak bo‘layotgan ekan. Shunga yordam qilib yubor, deb iltimos qilgandi. O‘zingiz bilasiz, bunaqa masalada sinashta bo‘lmagan odamlarga uchrab bo‘lmaydi. Shuning uchun sizga chiqayotgandim aka, - dedi iltimos ohangida.
- O‘n uch yarim ming degin... – Xursand biroz o‘ylanib, xayolan pullarini hisob-kitob qilib oldi. – To‘g‘risi, menda uncha pul yo‘q, aka. Agar xohlasang, to‘qqiz ming qilib bera olaman.
Shu taxlit davom etgan suhbat 1 AQSh dollarini qanchadan baholash-u, uchrashuv vaqti va joyini belgilash bilan yakunlandi.
Shu kuni kechga tomon Mirzarahim bir notanish ayol bilan aytilgan manzilga yetib keldi. X.Malikov ularga peshvoz chiqib, salom-alikdan so‘ng “ish”ga ko‘chishdi. Oldi-berdi borasida biroz tortishuv ham bo‘ldi. Notanish ayol “buyurtma”ni ko‘rmaguncha pul bermasligini aytib qat'iy turib oldi. Shundan so‘ng Xursand 9 000 AQSh dollarini unga uzatdi. “Mijoz” pullarni olib, mashinaga o‘tirgan ko‘yi sanashga kirishdi.
- Ikkita kam ekan, - dedi sanab bo‘lib.
Bu hol X.Malikovni taajjubga soladi. Ayolga bunday bo‘lishi mumkin emasligini, o‘zi sanab ko‘rishini aytib, pulni qaytarishni talab qiladi. Biroz kelishmovchilikdan so‘ng savdoni davom ettirishadi. Ammo 8 800 AQSh dollari hisobiga 54 million 500 ming so‘mdan ortiqroq pulni qo‘lga kiritgan X.Malikov paydo bo‘lgan SVOJJDLQK departamenti xodimlarini ko‘rib, “omadi kelmaganini” tushundi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan X.Malikov va M.Hakimovlar tegishli jazolarini olishdi.
Mavzuga oid
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
16:02 / 05.12.2025
Soxta dollarni qanday aniqlash mumkin?
20:08 / 22.11.2025