Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston infratuzilmalariga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Foto: Fotolia
Afg‘oniston prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Shokir Kargarning bayonot berishicha, O‘zbekiston afg‘on infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Afghanistan.ru sayti yozmoqda.
Xususan, bu energetika, qishloq xo‘jaligi, neft, gaz va foydali qazilma boyliklarni qazib olish hamda Salang tonnelini ta'mirlashga doirdir. Mazkur loyihalar minglab afg‘onistonliklar uchun ish o‘rinlari barpo etish imkonini berar edi, deb ta'kidlagan prezident maxsus vakili.
Afg‘oniston islom respublikasi savdo-sanoat palatasi spikerining so‘zlariga ko‘ra, garchi ikki mamlakat o‘rtasida bunday hamkorlik yuzasidan katta tajriba bo‘lmasa-da, Afg‘oniston hamkorlikka tayyordir hamda loyihalar sifat standartlariga to‘la mos ravishda va belgilangan muddatda amalga oshirilishiga ishonadi.
Qayd etish joizki, Milliy birlik hukumati Afg‘on iqtisodiyotiga yangi sarmoyadorlarni faol qidirmoqda. Chunki, jangarilarning faollashgani tufayli, aksariyat mavjud sarmoyadorlar mamlakatni tark etishgan.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
12:23 / 02.05.2026