21:36 / 13.12.2016
6735

O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti nomiga qutlovlar kelishi davom etmoqda

Foto: TIV matbuot xizmati

O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta II, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey, Shveytsariya Konfederatsiyasi Prezidenti Yoxann Shnayder-Ammann, Slovakiya Respublikasi Prezidenti Andrey Kiska, Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Jon Kerri tabrik yo‘llashgan.

Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan: 

Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri, Tokio – 2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi prezidenti – Yoshiro Mori;

ODKB Bosh kotibi – Nikolay Bordyuja;

Belgiya senatori – Alan Desteks;

Fransiyadan Yevroparlament deputati – Jan-Lyuk Shaffauzer;

Rossiya Davlat Dumasi deputati – Artur Taymazov;

Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasi raisi, bosh muftiy – Shayx-ul-islom  Talgat Safa Tojiddin; 

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengash hamraisi – Shayx-ul-islom Ollohshukur Poshshozoda;

Yevropa poytaxtlari universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti – professor Luchiano Saso;

Buxoro yahudiylari jahon kongressi prezidenti – Lev Levayev;

Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi prezidenti – Yorg Roxoll;

Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi raisi – Volfgang Byuxele;

"Knauf" kompaniyasi hammuassisi – Nikolaus Knauf;

“Lemken” kompaniyasi ijrochi direktori – Antoni van der Ley;

Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi a'zosi, «Klass» kompaniyasi mustaqil konsultanti – Udo Fyolker;

Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, “Doyche Kabel Toshkent” qo‘shma korxonasi investori – Falk Porshe;

"KDB Bank O‘zbekiston" O‘zbekiston – Koreya banki boshqaruvi raisi – Kim In Ju.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

 

Top