Maishiy hisoblagichlarni qaysi tashkilot davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazishi ma'lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 avgustdagi 373-sonli” “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq suv, gaz va elektr hisoblagichlarini qiyoslash vazifalari “O‘zstandart” agentligiga, uning hududiy markazlariga hamda “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasiga yuklatilgan.
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining Qarori bilan "Maishiy iste'molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 1 dekabrda 2736-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) iste'molchilarning maishiy elektr energiyasini hisobga olishda elektron priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomda belgilab ko‘yilganidek, iste'molchilar tomonidan foydalanilayotgan O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan hisobga olish priborlari belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilishi shart.
Gaz hisoblagichlari esa “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining ”Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi” (2014 yil 30 iyul 2604-son) asosida tartibga solinadi.
Amaldagi suv, gaz va elektr hisoblagichlarining navbatdagi qiyoslash davrining tugashidan bir oy oldin ta'minotchi korxonalar tomonidan iste'molchilarga hisoblagichlarini navbatdagi qiyoslovdan o‘tkazish lozimligi haqida xabarnoma taqdim etiladi. Ushbu xabarnomani olib, Siz ta'minotchi nomiga ariza berishingiz lozim. Ta'minotchi korxona uyingizdagi hisoblagichni yechadi va dalolatnoma tuzadi.
To‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili hisoblagichni olib “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalarga topshiradi.
Gaz va suv o‘lchash priborlarini iste'molchilarning o‘zlari “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalarga topshiradi.
Shuni unutmangki! O‘zbekistonda faqat “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalargina maishiy hisoblagichlarni qat'iy belgilangan narxlarda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega. Ta'mirlash bilan bog‘liq masalalar “O‘zstandart” agentligi vakolatiga kirmaydi, o‘z navbatida, ta'mirlash korxonalari hisoblagichlarni davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega emas.
Ta'minotchi korxona vakillari xonadoningizga kelganida, albatta, shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasini talab qilishingiz yoddan chiqmasin!
Hisoblagichlarni davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish davriyligi quyidagicha:
Maishiy va sanoat elektr hisoblagichlari 4 yilda bir marta
Maishiy gaz va suv hisoblagichlari 4 yilda bir marta
Sanoat gaz va suv hisoblagichlari 2 yilda bir marta
Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari:
Markazlar |
Manzil |
Telefon |
AndijonSSM |
Andijon sh., A. Fitrat ko‘ch. 251-a uy |
(8-374) 225-16-97 |
BekobodSSM |
Bekobod sh., Xotira ko‘ch. 116 uy |
(8-370) 913-32-05 |
BuxoroSSM |
Buxoro sh., S. Yureneva ko‘ch. 1/2 uy |
(8-365) 225-14-77 |
JizzaxSSM |
Jizzax sh., M. Xusainov ko‘ch. 20-a uy |
(8-372) 226-14-72 |
QashqadaryoSSM |
Qarshi sh., S. Usmonov ko‘ch. 6 uy |
(8-375) 221-09-44 |
Qoraqalpog‘iston SSM |
Nukus sh., Gariysizlik ko‘ch. 57 uy |
(8-361) 222-74-02 |
Qo‘qon SSM |
Qo‘qon sh., Sharof Rashidov ko‘ch. 1-a uy |
(8-373) 543-11-14 |
Navoiy SSM |
Navoiy sh.,Mahmud Tarobiy ko‘ch. 185-uy |
(8-436) 224-07-51 |
NamanganSSM |
Namangan sh., Nodira ko‘ch. 9-uy |
(8-369) 223-00-42 |
OlmaliqSSM |
Olmaliq sh.,Tinchlik ko‘ch. 2-uy |
(8-370)613-82-62 |
SamarqandSSM |
Samarqand sh., Amir Temur ko‘ch. 147-a uy |
(8-366) 222-78-32 |
SirdaryoSSM |
Guliston sh., Sharof Rashidov ko‘ch.21-uy |
(8-367) 225-16-34 |
SurxondaryoSSM |
Termiz sh., Ibn Sino ko‘ch. 41-a uy |
(8-376) 227-01-89 |
Farg‘ona SSM |
Farg‘ona sh., B.Marg‘iloniy ko‘ch.119-uy |
(8-373) 244-54-50 |
XorazmSSM |
Urganch sh., Xonqa ko‘ch. 107-a uy |
(8-362) 225-62-94 |
ChirchiqSSM |
Chirchiq sh., Mendeleyev ko‘ch. 5-a uy |
(8-370) 716-58-11 |
MXKM DK |
Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333-a uy |
(8-371) 150-26-14 |
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024