Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelishi davom etmoqda
O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.
Jumladan, Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Olland, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustav, Ruminiya Prezidenti Klaus-Verner Yoxannis, Isroil Davlati Prezidenti Reuven Rivlin, Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili o‘z tabriklarini yo‘llashgan.
Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan:
Qatar Davlati Amirining o‘rinbosari – Abdulloh bin Hamad Ol Soniy, Qatar Davlati Bosh vaziri, ichki ishlar vaziri – Abdulloh bin Nosir bin Xalifa Ol Soniy, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri – Sooronbay Jeenbekov, Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi – Taro Aso, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi – Yusuf Al-Usaymin, Islom taraqqiyot banki prezidenti – Bandar Hajar, YeXHT Parlament assambleyasi raisi – Kristin Muttonen, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot bosh direktori – Ulyam Leysi Sving, Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi – Van Ilin, "Mitsubishi Korporeyshn” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori – Takexiko Kakiuchi, “Fujitsu” kompaniyasi prezidenti – Tatsuya Tanaka, “Posko DEU” kompaniyasi prezidenti – Kim Yong Sang, “Riyeter xolding” kompaniyasi ijrochi direktori – Norbert Klapper, “Van de Vil” kompaniyasi bosh ijrochi direktori – Charlz Boduin, Vaseda universiteti prezidenti – Kaoru Kamata, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari – Vikentiy, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi – Stefan Prisner o‘z qutlovlarini yuborishgan.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
19:53 / 16.09.2024