Jahon | 11:03 / 16.12.2016
16878
2 daqiqa o‘qiladi

G20 sammiti vaqtida Obama va Putin o‘rtasidagi suhbat tafsilotlari ma'lum qilindi

© AP Photo

AQSh prezidenti Barak Obama shu yil sentabrida Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan G20 sammiti chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvida Vashington prezidentlik saylovlari jarayoni himoyasi uchun barcha ishlarni qilishi haqida gapirgan. Bu ma'lumot MSNBC telekompaniyasi efirida AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Ben Rods tomonidan aytildi.

"U (Obama) ular bilan (Rossiya delegatsiyasi a'zolari) G20 sammiti doirasida gaplashdi. Men o‘sha uchrashuvda bor edim. Keyin ular (Obama va Putin) bir muddat yolg‘iz qolishdi. Prezident Obama unga saylovoldi jarayoni muhofazasi uchun barcha choralar ko‘rilishi haqida aytgan", - degan Rods.

U bu gaplarni The New York Times nashrining Obama G20 sammiti doirasida Putinni Moskva tomonidan Qo‘shma shtatlardagi saylovoldi kampaniyasiga ta'sir ko‘rsatilishi oqibatlaridan ogohlantirgani haqida yozganiga munosabat sifatida bildirgan.

Rossiya bunday ayblovlarni bir necha marta turli darajada inkor qilib chiqqandi. AQSh esa bunday ayblovlar uchun dalil keltirmagan.

Mavzuga oid