Jahon | 11:42 / 16.12.2016
50629
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning qaysi davlatdan eng ko‘p qarzi bor?

Xitoy shu yilning oktabr oyida Amerika davlat obligatsiyalariga egalik qiluvchi mamlakatlar orasidagi yetakchilikni boy berdi. Endilikda, uning o‘rnini 1,131 trillion dollar miqdoridagi Amerika hukumati qimmatli qog‘ozlariga egalik qilayotgan Yaponiya egallagan. Xitoy ixtiyorida salkam 1,116 trillion dollarlik davlat obligatsiyasi bor, deyiladi AQSh Moliya vazirligi statistikasida. 

Avvalroq, Xitoyning AQSh tashqi qarzidagi ulushi 1,157 trillion dollarni tashkil etar edi. Ikkinchi o‘rinda turgan Yaponiya 1,136 trillion dollar miqdorida Amerika qarz majburiyatiga egalik qilar edi. Oktyabr oyida XXR 41 mlrd dollarlik aktivlarni sotishga qaror qilgan, Yaponiya esa o‘z ulushini atigi 5 milliard dollarga kamaytirgan.

AQSh moliya vazirligi statistikasiga ko‘ra, bir yil muqaddam, 2015 yil sentabr oyida ham Xitoy Yaponiyadan ortda qolgan edi. O‘shanda Pekin ma'muriyati 100 mlrd dollardan ortiq qimmatli qog‘ozlarni sotish bilan fond bozorida noaniqlikka sabab bo‘lgandi. 

 

Mavzuga oid