Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun BMT bosh kotibi lavozimidagi so‘nggi tashrifini amalga oshirdi
Foto: eer.ru
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘zining Vashingtonga uyushtirgan so‘nggi tashrifi chog‘ida gumanitar inqirozlar, Koreya yarimoroli va Janubiy Sudandagi vaziyatlarni muhokama qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«31 dekabrda o‘z lavozimini tark etuvchi bosh kotib o‘zining Vashingtonga uyushtirgan so‘nggi tashrifida BMTga qarorgoh bergan va tashkilotga eng katta miqdordagi badallarni to‘lovchi mamlakat sifatida AQShga minnatdorlik bildirdi», — deb xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati.
Bundan tashqari, Pan Gi Mun AQSh prezidenti Barak Obamaga uning ma'muriyati turli madaniyatlar prinsiplariga rioya qilganligi va Parij iqlim kelishuvida yetakchilik qilgani, tinchlik o‘rnatish, qochqinlar va muhojirlik masalalari, Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga doir sammitlar tashkil etgani uchun tashakkur bildirgan.
O‘z navbatida, Barak Obama BMTning so‘nggi o‘n yilda yetakchilik maqomiga sodiq qolgani uchun minnatdorlik izhor qilgan.
Mavzuga oid
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
09:26 / 05.05.2026