BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi Isroilning Ğazo sektorida va Iordan daryosining işğol qilingan Ğarbiy sohilida etnik tozalaş işlarini olib borayotgani alomatlari borligini xabar qildi. Payşanba kuni, 19 fevralda Jyenevada taqdim etilgan hisobotda aytilişiça, kuçayib borayotgan hujumlar va majburiy köçirişlar “işğol qilingan hududlardan falastinliklarni qaytarilmas tarzda haydaş”ga qaratilgan.

Hujjat 2024 yil 1 noyabrdan 2025 yil 31 oktyabrgaça bölgan davrni qamrab oladi. Isroilga inson huquqlarini qöpol ravişda buzişlar, jumladan, butun şahar mahallalarini tizimli vayron qiliş va gumanitar yordamni tösiş orqali Ğazo sektorida demografik özgarişlarga erişişga urinişlar aybi qöyilmoqda.

Hisobot mualliflari oçlik oqibatida qariyb 460 nafar falastinlik halok bölganini hujjatlaştirgan, ularning uçdan biri — bolalar. Hujjatda ta’kidlanişiça, aholiga qarşi uruş olib boriş usuli sifatida oçlikdan foydalaniş — harbiy jinoyat, ayrim şartlar bajarilganda esa insoniyatga qarşi jinoyat sifatida ham malakalanişi mumkin.

BMT hisobotida Ğarbiy sohildagi vaziyat Isroil armiyasining “tizimli, noqonuniy kuç işlatişi” bilan tavsiflanişi aytilgan, bu özboşimçalik bilan uşlab ketişlar va qiynoqlar orqali namoyon bölyapti. Falastin ma’muriyati tomonidan kuçni asossiz qöllaş holatlari ham tanqid qilingan.

BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk Isroil sud tizimi mansabdorlar hamda yahudiy köçmançilarni qonunbuzarliklar uçun javobgarlikka tortmayotgani şaroitida “jazosizlik muhiti” mavjudligini körsatdi. “Jazosizlik — mavhum tuşunça emas, u insonlar hayotiga qimmatga tuşadi”, — dedi Turk, javobgarlik adolatli tinçlik uçun zarur şart ekanini ta’kidlab.

BMT Isroilni Falastin hududlaridagi noqonuniy iştirokini “imkon qadar tezroq” töxtatişga çaqirdi. Xalqaro hamjamiyatga Isroilga qurol sotişni töxtatiş tavsiya etildi, çunki u “xalqaro gumanitar huquq me’yorlarini buzuvçi harakatlar uçun qöllanadi”.

Ğazo sektorini tiklaş va tinçlikni ta’minlaş uçun, hisobot mualliflari qayd etişiça, jabrlanuvçilar adolatga erişişi, falastinliklar esa davlat tuzilmalarini boşqarişga keçiktirilmasdan qöyilişi kerak.

Isroil mazkur ayblovlarni rad etdi va BMT Inson huquqlari kengaşini ançadan beri xolis emas, deb hisoblaşini ta’kidladi. Mamlakatning Jyenevadagi vakolatxonasi bayonot berdi: “Oliy komissar boşqarmasi (inson huquqlari böyiça — tahr.) Isroil davlatiga qarşi dezinformatsiya kampaniyasini olib bormoqda”. Isroil diplomatlari, şuningdek, u “nafrat tarqatuvçi” ekspertlar bilan hamkorlik qilayotganini, şu sababli işonçdan mahrum, deb bildirdi.