20:14 / 16.12.2016
9298

Shavkat Mirziyoyev nomiga jahon mamlakatlaridan qutlovlar kelmoqda

O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

Jumladan, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Yevropa Kengashi nomidan Donald Tusk, Yevropa Komissiyasi nomidan Jan-Klod Yunker, Belgiyaliklar Qiroli Filipp, Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Sauli Niynistyo, Estoniya Respublikasi Prezidenti Kersti Kalyulayd, Gruziya Prezidenti Giorgiy Margvelashvili o‘z tabriklarini yuborgan. 

Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan:

Kanada general-gubernatori – Devid Jonston, Birlashgan Arab Amirliklari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi – Rashid Alimov, Energetika Xartiyasi Bosh kotibi – Urban Rusnak,       BMT Bosh kotibi maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari – Petko Draganov, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili – Tomas Kuntse, Islom tarixi, san'ati va madaniyati ilmiy-tadqiqot markazi Bosh direktori – doktor Xalit Eren, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi – Kerolin Lemm, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti – Stiven Naderni, "Jyeneral Motors interneshnl" kompaniyasi prezidenti – Stefan Yakobi, O‘zbekiston – Shveytsariya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti – Xaynts Vissling, "Shindong Resorsez" kompaniyasi prezidenti – Kim Yong Gu, "Mitsubishi Korporeyshn" katta korporativ maslahatchisi, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Yaponiya – O‘zbekiston qo‘mitasi raisi – Mikio Sasaki.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

 

Top