Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Surxondaryoda paxta maydonlari o‘rnida meva-sabzavot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tashkil qilinadi
2016 yil 16 dekabr kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakat janubiy hududining ulkan iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha boshlangan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari tufayli shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining hayot darajasi yuksalmoqda.
Viloyatda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan eng katta loyihalardan biri bojxona terminali bo‘lgan «Termez Cargo Sentre» xalqaro logistika markazidir.
Katta miqdordagi yuklarga ishlov berish va ularni tushirish-ortish ishlari amalga oshiriladigan mazkur korxona hududida bojxona terminali binosi, 300 katta yuk mashinalariga mo‘ljallangan joy, avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi, konteyner va boshqa yuklarni saqlash omborlari joylashgan, bu yerga temir yo‘l liniyasi olib kirilgan.
Bunday majmualarning barpo etilishi tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xorijiy davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mamlakatimiz tranzit salohiyatini yuksaltirish imkonini beradi.
Yig‘ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish, istiqbolli yangi sanoat obektlari barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
"Surxondaryo viloyatining unumdor tuprog‘idan, quyoshli iqlimidan oqilona va samarali foydalanishimiz kerak. Viloyatda 2019 yilgacha bosqichma-bosqich 26 ming 800 gektar, jumladan, 2017 yilda 18 ming gektar paxta maydoni qisqartiriladi. Uning o‘rniga meva-sabzavot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tashkil qilinadi", dedi Prezident.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda fermerlik harakatining ahamiyati katta ekani alohida ta'kidlandi.
Prezident viloyatda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Tojimurod Mamaraimov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Erkin Turdimov Surxondaryo viloyati hokimi etib saylandi.
Sherobod tumani hokimi Abduhakim Eshmurodov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Orziqul Soatov, Termiz davlat universiteti professori Sayfulla Tursunov, Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori Mansur Ravshanov va boshqalar Prezident nutqida bayon etilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqarib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish uchun Surxondaryo ahli astoydil mehnat qiladi va ko‘zlangan marralarga albatta erishadi, deb ta'kidladi.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026