Jamiyat | 11:11 / 16.12.2016
6107
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya konsorsiumi Taxiatosh IESni modernizatsiya qiladi

Foto: uzbekenergo.uz

Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi Taxiatosh issiqlik elektrostansiyasini modernizatsiya qilish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ xabar bergan.

Konsortsium “Taxiatosh elektr stansiyasida ikkita quvvati 230-280 MVt bo‘lgan bug‘-gaz uskunalarini qurish” loyihasi bo‘yicha xalqaro tenderda 457 million dollar narx taklif etib g‘olib bo‘ldi. Hammasi bo‘lib esa 2015 yilning dekabrida e'lon qilingan tanlovda Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiyadan bo‘lgan 10 nomzod qatnashgan.

G‘olib quvvati 250-280 MVt bo‘lgan ikkita BGU qurilishini eski bloklarni foydalanishdan chiqarish orqali amalga oshiradi. Modernizatsiya muddati – 2,5 yil. Shartnoma dekabr oyi oxirlariga qadar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Umumiy qiymati 678,2 million dollar bo‘lgan loyihani moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot bankining 300 million dollarlik krediti, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasining 230,7 million dollarlik mablag‘i va “O‘zbekenergo”ning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid