Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barak Obama: Rossiyada "neft, gaz va qurol"dan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi
Amerikaning amaldagi davlat rahbari Barak Obama Rossiya iqtisodiyoti xususida keskin fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, Rossiyada "neft, gaz va qurol"dan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi.
AQShning o‘z lavozimini tark etishga hozirlik ko‘rayotgan prezidenti o‘zining joriy yildagi so‘nggi matbuot anjumanida aytishicha, Rossiya Qo‘shma Shtatlarni o‘zgartira olmaydi, unga ta'sir ko‘rsata olmaydi.
“Ruslar bizlarni o‘zgartira olmaydi, zaiflashtira olmaydi ham. Ularning mamlakati kichik va zaifroqdir. Ularda neft, gaz va quroldan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi. Ammo, ular, biz o‘z nazoratimizni, qadriyatlarimizni qo‘ldan boy bersak, ta'sir etishlari mumkin”, — deb qayd etgan Oq uy rahbari.
Mavzuga oid
22:07
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
18:51
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20