Rim papasi 80 yoshini boshpanasizlar bilan nishonladi

Foto: AP
Rim papasi Frantsisk 80 yoshini nishonlash vaqtida Vatikanda Avliyo Pyotr maydoni yonida yashovchi 8 nafar boshpanasizni nonushtaga taklif qildi. Bu haqda The Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Nonushtaga taklif qilinganlar orasida 2 ayol va 6 erkak bo‘lgan. Ular Italiya, Ruminiya, Moldova va Peru fuqarolaridir. Pontifik ulardan har biri bilan suhbatlashib, nonushta bilan mehmon qildi. Shundan keyin papa bir qator yevropalik siyosatchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bayram dasturxoni papa yashaydigan, Vatikandagi "Avliyo Marta uyi" mehmonxonasidagi ovqatlanish zalida yozildi. Mehmonlarga an'anaviy argentin shirinliklari taklif qilingan.
Bu papa o‘z tug‘ilgan kunini boshpanasizlar bilan nishonlayotgan birinchi holat emas. Papa nonushtadan keyin kardinallar bilan ibodatda ishtirok etdi.
Ma'lum qilinishicha, 17 dekabrda muhtojlarga bepul ovqat beriladigan xayriya oshxonalarida pontifik yubileyi sharafiga shirinliklar tortiq qilinadi.
Vatikan matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Rim papasi ulug‘ yoshga to‘lgani munosabati bilan butun dunyodan 50 mingga yaqin tabrik olgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

15:41 / 11.02.2025
Kech nonushta qilish depressiyaga olib kelishi mumkin - tadqiqot

22:35 / 20.01.2025
Vatikan tarixida birinchi marta ayol kishi gubernator bo‘ladi

22:24 / 31.12.2024
Rimda boshpanasizlar uchun qishki palatkalar paydo bo‘ldi

18:46 / 08.11.2024