2025 yil 18 may kuni Rim papasi Leo XIV rasman lavozimga kirişdi. Tantanali tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Özbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnaşdi.

Tadbirda iştirok etiş uçun 250 ming kişi Vatikan maydoni va uning atrofiga yiğildi. 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnaşdi

Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan söng Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim papasini tabriklab, prezident Şavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yetkazdi. Öz navbatida, Leo XIV Özbekiston rahbariyati va xalqiga çuqur minnatdorlik bildirdi.

Amerikalik kardinal, 69 yoşli Robert Frensis Prevost 8 may kuni yangi Rim papasi etib saylangan edi. U öziga Leo XIV ismini tanladi. Undan oldingi Rim papasi Fransisk esa 21 aprel kuni 88 yoşida vafot etdi.