Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb uruşni tugatiş böyiça Ukraina va Rossiya rasmiylari örtasidagi «texnik» muzokaralar bir neça kundan keyin Vatikanda davom etişi mumkinligini aytdi. Şu bilan birga, finlyandiyalik siyosatçi AQŞ muzokaralar jarayonidan çiqmayotganini aytdi.
«Ular taslim bölmadilar. Endi vositaçilar köpaydi. Ilgari bu rolni faqat AQŞ öynagan bölsa, endi Yevropa ham qöşilmoqda», — deya Stubb sözlarini keltiradi Yle. Finlyandiya prezidenti buni yaxşi holat deb atadi.
Stubbning sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uning ukrainalik va rossiyalik hamkasblari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putinning 19 may, duşanba kuni bölib ötgan suhbatidan söng muhokamalar «turli darajalarda» davom etgan.
19 may kuni Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatidan söng Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar «darhol» boşlanişini aytdi. Oq uy rahbari bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga, şuningdek, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Finlyandiya rahbari Aleksandr Stubbga xabar berdi.













