Rim papasi Lev XIV Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvda Moskva va Kiyev örtasida tinçlik muzokaralari uçun platforma taqdim etişga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi. Rim papasi Ukraina va Rossiya vakillarini Vatikanda qabul qiliş istagini bildirdi. 9 iyul, çorşanba kuni «iliq suhbat» çoğida pontifik va Zelenskiy Ukrainadagi «uruşni tugatişning afzal yöli» muloqot ekanini tasdiqladi.
Vatikan, şuningdek, Rim papasi uruşda halok bölganlar uçun qayğuriş kerakligini, Ukraina xalqi bilan birdamlik zarurligini va Ukraina uçun duolar qilganini bildirdi. Pontifik «asirlarni ozod qiliş va umumiy yeçim topişga qaratilgan har qanday sa’y-harakatlarni» qöllab-quvvatlaydi, deya ma’lum qildi Vatikan.
Rim papasi bilan uçraşgandan söng, Zelenskiy matbuot anjumanida şunday dedi: «Biz tinçlikni xohlaymiz. Ukraina Vatikan oliy darajadagi muzokaralar uçun joy ajratişiga umid qilmoqda». Vatikan may oyidagi Istanbul muzokaralaridan beri Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar uçun ehtimoliy joy sifatida muhokama qilingan, biroq Moskva kelgusi muzokaralarning Vatikanda ötkazilişiga bir neça bor şubha bildirgan.













